«NOBEL PHARMSANOAT» CHET EL KORXONASINING SIFAT TIZIMI VA OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINING XAVFSİZLİGİ DOİRASİDAGI SİYOSATİ

2000 yilning iyul oyida «Nobel Ilaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.» kompaniyasining xalqaro sarmoyalar dasturi asosida O’zbekiston Respublikasida «Nobel Pharmsanoat» chet el farmatsevtik korxonasi tashkil etildi.
Bizning vazifamiz: o’zgarmiydigan qadriyatlarga ega bo’lgan ishonchli global kompaniya bo’lishdir.
Korxonamiz o’z oldiga qo’ygan maqsadi va strategiyasi: xalqaro sifat standartlari talablariga javob beradigan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishdan, O’zbekiston bozorini mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarilgan sifatli va keng ta’sir kuchiga ega, raqobatbardosh dori vositalari bilan to’laqonli ta’minlashdan iboratdir. Biz o’z ta’minlovchi va targ’ibotchi (distributer) hamkorlarimiz bilan uzoq muddatli, mustahkam va samarali aloqalar o’rnatishga intilamiz. Shuningdek, eksport hajmi va geografiyasini yanada kengaytirish yilida tinimsiz mehnat qilmoqdamiz.
Korxona bosh raxbariyati, sifat soxasi va oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligi Siyosatini (bundan buyon matnda Sifat siyosati), xamda zarur manbalar bilan ta’minlanishni, ISO 9001:2015 «Sifat menejmenti tizimi» (СМТ), ISO 22000:2005 «Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi sifat menejmenti tizimi» (ОМХСМТ) va O’zDST 2766:2013 «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» xalqaro standartlari asosida umumlashgan sifat menejment tizimi asosida faoliyat olib borishi uchun qulay sharoit yaratishni, ularni uzluksiz takomillashtirish va samaradorligini amalga oshirish bo’yicha to’liq javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.
Ushbu Sifat siyosati, korxonaning СМТ, GMP va ОМХСМТni boshqaruv vositasi sifatida ko’rib chiqadi va «NOBEL PHARMSANOAT» ChET EL KORXONASIning СМТ faoliyatini ustuvor yo’nalishlarini birlashtirib, ish olib boradi:
1. Dori vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini milliy va xalqaro СМТ, ОМХСМТ va GMP standartlari talablariga ko’ra maqbullashtirish;
2. Tizimda o’rnatilgan qonun talablari bilan birgalikda iste’molchilarning talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash;
3. Ish faoliyatining har bir bosqichida uzluksiz ravishda sifatni oshirishni rejalashtirish, tadbiq etish va amalga oshirish;
4. Iste’molchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ishlab chiqarish jarayonlarini ritmik va uzluksiz ravishda olib boorish va doimiy sifatni ta’minlash.
5. Aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, dori vositalari assortimentini doimiy ravishda kengaytirish, shuningdek yangi savdo bozorlarini kengaytirish.
6. Korxona xodimlarining vakolatlarini va malakasini muntazam ravishda oshirib borish, xamda ish faoliyati natijasini oshirish maqsadida rag’batlantirish.