Yangiliklar

"NOBEL CUP-2019"GA START BERILDI

"NOBEL CUP-2019"GA START BERILDI Toshkentda poytaxt yetakchi davolash muassasalarining mini-futbol jamoalari o‘rtasida “Shifokorlar – sog‘lom turmush tarzi uchun” shiori ostida har yili bo‘lib o‘tadigan an’anaviy “NOBEL CUP” musobaqalariga start berildi. Turnir O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi qoshidagi sun’iy qoplamali maydonda bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil turnirda sog‘lik himoyachilarining 24 jamoasi ishtirok etmoqda. Ular orasida Toshkent Tibbiyot akademiyasi va Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi jamoalari puxta tayyorlanganliklari bilan ajralib turishibdi. Turnir 20 aprel kuni ham davom etadi hamda 21 aprelda final bellashuvlari va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Shifokorlar jamoalari o‘rtasidagi “Nobel Cup” turniri mamlakatimizda 2002 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtik kompaniyasi va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamkorligida 2007 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi.

подробнее

NAVRO'Z BAYRAMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN!

Hurmatli do’stlar! Bahor va yangilanish bayrami – Navruz bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Mustahkam sog’lik, oilaviy baxt-saodat, ko’pdan ko’p zafar va muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz! Hurmat bilan: Kürşat Cenk ÇETİN, “Nobel Pharmsanoat” xorijiy korxonasi Bosh Direktori

подробнее

“NOBEL PHARMSANOAT”DAN YANGI ISH O’RNI!

“NOBEL PHARMSANOAT”DAN YANGI ISH O’RNI! MAHSULOT MENEJERI - Oliy tibbiy ma'lumot egasimisiz? - Shunga o’hshash lavozimda kamida 2 yil ishlaganmisiz? - O’zingizni namoyon la olasizmi? Katta auditoriya oldida chiqa olasizmi? - O’zbek, rus va ingliz tillarini bilasizmi? - To’la bandlikka va hizmat safarlariga tayyormisiz? - Haydovchilik guvohnomangiz bormi? Sizni O’zbekistonning eng katta ishlab chiqaruvchi kompaniyalariddan biri – “Nobel Pharmsanoat"ga ishga taklif qilamiz. N oyob jamoa! O lg’a intilish imkoniyatlari! B ilgralikda muvaffaqyatlarga erishamiz! E ng k’op zafarlar va yutuqlar! L avozimingizga mos qulay ish sharoitlari! hr@nobel.uz adresiga tarjimai holingizni yuboring. Qong’roq qiling: +998935900893 DIQQAT! Instagramda https://www.instagram.com/nobel.uz/ kanalimizga obuna bo’ling va yangiliklarni muttasil kuzatib borung!

подробнее

"PHARMACON"NING YUKSAK BAHOSI

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti Evropa byurosi va Daniyaning “Pharmacon” farmasevtik amaliyot ve dori vositalari siyosatini belgilash dasturi doirasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Moldova milliy inspeksiya organlari mutaxassislari uchun oʻquv-amaliyot kurslari tashkil qilindi. Mazkur kursning ikkinchi bosqichida «Nobel Pharmsanoat» ishlab chiqarish jarayoni Evropa GMP standarti talablariga koʻra auditdan oʻtkazildi va «Nobel Pharmsanoat» ishlab chiqarish faoliyatiga yuksak baho berildi. В рамках совместной программы Европейского бюро Всемирной Организации Здравоохранения (ВОЗ) и фармацевтического производства и политики лекарственных средств Дании «Pharmacon» были организованы учебно-практические курсы для национальных инспекционных кадров Узбекистана, Казахстана, Киргизии, Азербайджана и Молдовы. Во время второго этапа курса производственная деятельность компании «Nobel Pharmsanoat» была инспектирована и высоко оценена по всем требованиям Европейского GMP. Dünya Sağlık Örgütü (WHO) Avrupa Bürosu ve Danimarka’nın “Pharmacon” farmasötik üretim ve ilaç politikasının belirlenmesine yönelik Programı çerçevesinde Özbekistan, Kazakistan, Kırgızıstan, Azerbaycan ve Moldova milli denetim uzmanları için yapılan eğitim kursları esnasında «Nobel Pharmsanoat» üretimimiz Avrupa GMP taleplerine göre denetlendi ve yüksek puan aldı. Within the joint program of the European Bureau of the World Health Organization (WHO) and the pharmaceutical production and policy of medicines of Denmark «Pharmacon» training and practical courses for national inspection personnel of Uzbekistan, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Azerbaijan and Moldova were organized. During the second stage of this course the production activities of «Nobel Pharmsanoat» were inspected and highly evaluated according to all the requirements of the European GMP.

подробнее

YANGI YILINGIZ BILAN! С НОВЫМ ГОДОМ! YENİ YILINIZ KUTLU OLSUN! HAPPY NEW YEAR!

Bir-birimizga tilab salomatlik, Bizga sog’lik ulashuvchilarni qutlaymiz!

подробнее

NOBEL PHARMSANOAT - YILNING ENG FAOL INVESTITSIYA JALB QILGAN TADBIRKORI

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ulushi, samarali mehnati va yakuniy natijalarga qo’shgan ulkan hissasini inobatga olib, NOBEL PHARMSANOAT XK MChJ “YILNING ENG FAOL INVESTITSIYA JALB QILGAN TADBIRKORI” sifatida e’tirof etilsin. Mirzo Ulug’bek tuman Hokimi: Sh. T. Irgashev. Toshkent, 2018. Мирзо Улугбекский хокимият города Ташкента: за огромный вклад в социально-экономическое развитие Мирзо Улугбекского района, фирма «NOBEL PHARMSANOAT» признана САМЫМ АКТИВНЫМ ИНВЕСТОРОМ ГОДА. Хоким Мирзо Улугбекского района: Ш. Т. Иргашев. Ташкент, 2018. Taşkent şehir, Mirza Uluğbey İlçe Belediyesi: 2018 yılında Mirza Uluğbey İlçesinin sosyal ve ekonomik açıdan gelişmesindeki büyük katkıları nedeniyle «NOBEL PHARMSANOAT» şirketi YILIN EN AKTİV YATIRIMCISI olarak takdir edilmiştir. Mirza Uluğbey İlçe Belediye Başkanı Ş. T. İrgaşev. Taşkent, 2018. Mirzo Ulugbek local regional administration of Tashkent: for a huge contribution to the socio-economic development of Mirzo Ulugbek district, the company "NOBEL PHARMSANOAT" was recognized as the most active investor of the year Mirzo Ulugbek district regional administrator: Sh. T. Irgashev. Tashkent, 2018.

подробнее

"ATV-EUROPЕ" TV KANALI, "EKOPAZAR" dasturi: "Nobel İlaç-Ulkar Holding" Boshqaruv Hay’ati Raisi janob HASAN ULUSOY O’zbekistonga kiritilgan investitsiyalar va "Nobel Pharmsanoat" firmasining faoliyatlari haqida intervyu berdi.

"ATV-EUROPЕ" TV KANALI, "EKOPAZAR" dasturi: "Nobel İlaç-Ulkar Holding" Boshqaruv Hay’ati Raisi janob HASAN ULUSOY O’zbekistonga kiritilgan investitsiyalar va "Nobel Pharmsanoat" firmasining faoliyatlari haqida intervyu berdi.

подробнее

O’ZBEKISTON MILLIY AXBOROT AGENTLIGI – O’ZA: “NOBEL PHARMSANOAT” BOSH DIREKTORI JANOB KURSHAT JENK CHETİN (KÜRŞAT CENK ÇETİN) BILAN MULOQOT (video)

O’ZBEKISTON MILLIY AXBOROT AGENTLIGI – O’ZA: “NOBEL PHARMSANOAT” BOSH DIREKTORI JANOB KURSHAT JENK CHETİN (KÜRŞAT CENK ÇETİN) BILAN MULOQOT

подробнее

“NOBEL PHARMSANOAT” NECHA XIL DORINI MAHALLIY XOMASHYODAN TAYYORLAMOQDA?

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasi hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi. Oʻzbekiston farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari A.Temirov va boshqalar mamlakatimizda farmatsevtika sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani, bunda davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi. “Nobel Pharmsanoat” xorijiy korxonasi 2002 yilda “Ulkar Holding” kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda Oʻzbekiston farmatsevtika sohasida 100 foiz chet el sarmoyasi asosida faoliyat koʻrsatayotir. Korxona yiliga 5,5 million quti mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda xalqaro GMP standartiga mos 60 nomda dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 355 nafar yuqori malakali xodimning bandligi taʼminlangan. Tadbirda mamlakat farmatsevtika tarmogʻining rivojlanishida chet el investitsiyalarining hissasi, xususan, “Nobel Ilac” kompaniyasi tomonidan “Nobel Pharmsanoat” korxonasi texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan investitsiyasi doirasida yangi va zamonaviy ishlab chiqarish hamda laboratoriya uskunalari keltirilgani yuksak samaralar berayotgani haqida soʻz yuritildi. Korxonaning ishlab chiqargan mahsulotlari Turkiya, Qozogʻiston, Gruziya va Afgʻonistonga eksport qilinmoqda. Bugungacha korxona eksportining hajmi 2 million 600 ming dollardan oshdi. Anjuman doirasida jurnalistlar “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasiga uyushtirilgan media-turda ishtirok etdi. “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasi bosh direktori Kurshat Jenk Chetin jurnalistlarni ishlab chiqarish fabrikasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Uning aytishicha, fabrikaning 2017 yilda boshlangan qurilish ishlari, joriy yilda nihoyasiga yetkazilgan. Farmatsevtika korxonasi zamon talablariga mos, soʻnggi turdagi asbob-uskunalar, ishlab chiqarish texnikalari bilan jihozlangan. Fabrikaning ishlab chiqarish faoliyati boshlanishi bilan birga binoning yon tarafida yana bir Penitsilin ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar yetakchi davolash muassasalarida sinovdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli sertifikat va litsenziyalariga ega. Bu yerda ayni paytda mahalliylashtirish ishlariga alohida eʼtibor berilmoqda. – Besh turdagi mahsulotimiz toʻliq mahalliy xomashyodan tayyorlanmoqda, – dedi Kurshat Jenk Chetin. – Endilikda chet el xomashyosini kamaytirib, mahalliy xomashyolardan dori vositalari tayyorlashni rejalashtiryapmiz. Yangi tashkil etilgan “Tadqiqotlar va izlanishlar” – “Research and Development” boʻlimidagi yuqori malakali mutaxassislarimiz yangi dori-darmonlarni ishlab chiqarishni joriy qilish ustida izlanishlar olib bormoqda. Media-turda shuningdek, “Nikotinabs”, “Albezol”, “Tales”, “Urufor” kabi bir necha turdagi dori vositalari va ularning ijobiy taʼsiri haqida batafsil maʼlumot berildi. Masalan, “Nikotinabs” tabletkasi sigaret, nos, chilim kabi inson hayotiga salbiy taʼsir qiluvchi vositalardan qutilishda koʻmakchi vazifasini oʻtaydi. Bu tabletkani doimiy qabul qilish natijasida 25 kunda chekishdan xalos boʻlish mumkin ekan.

подробнее

MUSTAQILLIK BAYRAMI TABRIGI

Aziz doʻstlar! “Nobel Pharmsanoat” xorijiy korxonasi nomidan barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Ushbu yorugʻ va qadrli kunda sizlarga mustahkam sogʻlik-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik-farovonlik yoʻr boʻlishini tilaymiz! Har bir kuningiz shodliklarga va zafarlarga toʻla boʻlsin!

подробнее