Nobel AFF
Nobel Almati Farmatsevtika fabrikasi (Nobel Almatı Ilaç Fabrikası A. Ş. / Nobel AFF) Qozogʻiston farmatsevtika sohasida yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. 2002 yilda Olmaota farmatsevtika fabrikasini qayta tashkil qilinishi doirasida unga “Ulkar Xolding” tomonidan salmoqli investitsiyalar kiritildi. Korxonada mavjud ishlab chiqarish maydonlari modernizatsiya qilindi va GMP xalqaro standartlariga muvofiq yangi ishlab chiqarish maydonlari tashkil etildi. Birinchi bosqichda korxonaga 40 million dollar sarmoya kiritildi, investitsiya faoliyati doirasida 2015-yilda ishlab chiqarish quvvatlarini orttirish maqsadida yana 30 million dollar sarmoya yoʻnaltirildi. Yaqin kelajakda ilmiy va texnik salohiyatni rivojlantirish va biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 50 million dolarlik yana investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda.
“Nobel AFF” korxonasi 10000 m² maydonda joylashgan boʻlib, qattiq, suyuq, suspenziya, yarim qattiq va gel shaklida dorilarni ishlab chiqaradigan 5 ta ishlab chiqarish boʻlimiga ega. Korxonadagi barcha ishlab chiqarish boʻlimlari GMP sertifikatiga ega va ishlab chiqarish faoliyati xalqaro standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. “Nobel AFF” 2011 yilda Qozogʻistonda GMP sertifikatiga ega boʻlgan birinchi kompaniya boʻlib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ekspertlarining audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli oʻtdi. “Nobel AFF” Qozogʻiston va MDH mamlakatlaridagi auditorlar, shuningdek kontraktga koʻra ishlab chiqaradigan internatsional farmatsevtika kompaniyalarining auditorlari tomonidan toʻla muvaffaqiyatli baholandi.
Korxonaning ishlab chiqarish maydonlari GMP standartlariga mos havo almashtirish tizimiga ega boʻlib, Italiya, Angliya, Germaniya, Shveytsariya, Belgiya, Daniya, AQSh, Turkiya, Hindiston va Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 750 million tabletka, 250 million kapsula, 20 million flakon sirop-suspenziya, 10 million tyubik surtma krem-gel mahsulotlari boʻlib, Qozogʻiston bozorida muhim oʻringa ega.
Hozirgi kunda “Nobel AFF” mahsulot assortimentida shu jumladan antimikrob, antibiotiklar, analgetik-isitmani tushuradigan, yalligʻlanishga qarshi, gipotenziv, gipolipidemik, neyropsixiatrik, oʻsmalarga va saraton kasalligiga qarshi dorilar kabi turli xil farmatsevtika guruhlaridagi 83 molekulani oʻz ichiga olgan 250 ga yaqin mahsulotlar mavjud.
Kompaniyamizda fizikaviy va kimyoviy tahlillar laboratoriyasi, mikrobiologiya laboratoriyasi hamda ishlab chiqarish jarayonini tekshirish va boshqarish laboratoriyasi mavjud. Bizning laboratoriyalarimiz vakolatli davlat idoralari tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlib, eng ilgʻor texnologiyalar va oʻlchash asboblari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, tayyor mahsulotimiz Qozogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy jihozlar Milliy Ekspertiza Markazining laboratoriyasida ham sinovdan oʻtkazilmoqda.
Sotish hajmi boʻyicha “Nobel AFF” kompaniyasi Qozogʻistonda mahalliy dori-darmon ishlab chiqaruvchilari orasida ikkinchi oʻrinda turadi. “Nobel AFF” Rossiya, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonga eksportini doimiy ravishda oshirmoqda. 2018 yil oxirida Qozogʻiston dori-darmon ishlab chiqaruvchilari orasida eksport boʻyicha lider boʻldi.
Kompaniyaning asosiy maqsadi - mahalliy sharoitda sifatli va ishonchli dori vositalarini ishlab chiqarish, shuningdek, isteʻmolchilar va shifokorlarga bozorga etkazib berilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida aniq va foydali maʻlumotlar berish orqali kishilar hayot tarzini yuksaltirishdan iborat. Shu maqsadda Qozogʻistonning barcha shaharlarida kompaniyaning vakolatxonalari mavjud.
Bugungi kunda firmada 500 ga yaqin kishi mehnat qiladi. Xodimlar muntazam ravishda kompaniya oʻquv seminarlarida qatnashib, GMP va ISO talablariga muvofiq ravishda malaka oshiradilar. Kompaniyaning sifat boshqaruv tizimi ISO 9000:2001 talablariga mos boʻlib, Turkiya standartlar instituti va Xalqaro sertifikatlash tizimlari markazining sertifikatlariga ega.