Nobel Pharmsanoat
Kompaniya 2012 yilda xalqaro ISO 9001:2008, 2014 yilda ISO 22000:2005 (HACCP) va 2016 yilda GMP sifat sertifikatiga ega boʻlgan.
Mavjud ishlab chiqarishni yaxshilash va eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, “Nobel Ilaç” kompaniyasi xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan yangi korxonani qurish qaroridan soʻng, 2013 yil 16 noyabrida boshlangan yangi fabrika qurilishini 2017 yilning avgust oyida yakunladi. “Nobel İlaç”ning Oʻzbekistonda texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalari doirasida AQSh, Germaniya, Xitoy, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Koreya va Hindistondan yangi ishlab chiqarish va laboratoriya uskunalari olib kelindi. Hozirgi vaqtda fabrikaning 60 dan oshiq mahsulotini ishlab chiqarish majmuasi, shuningdek, fizika, kimyo va mikrobiologiya laboratoriyalari, xomashyo, qadoqlash va tayyor mahsulotlar ombori mavjud. Mahsulotlarimiz Yevropaning GMP standartlariga toʻliq mos keladi.
Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 million qutini tashkil etadi. Kompaniya tabletkalar, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, kapsulalar, kukunli suspenziyalar, tomchilar, sprey va burun spreyi, penitsillin kabi guruhlarda 60 molekulani oʻz ichiga olgan 110 tur mahsulot ishlab chiqaradi.
“Nobel Pharmsanoat” Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti bilan mahalliy dorivor oʻsimliklar asosida dori vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha yaqindan hamkorlik qiladi. Bugungi kunda mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan 5 turdagi mahsulotdan 3 tasi chet elga eksport qilinmoqda. Bizning kompaniyamizda yaqinda yangi molekulalarni tadqiq qilish va ularni ishlab chiqarish uchun qoʻllash boʻyicha tadqiqot markazi tashkil etildi. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xomashyo ishlab chiqarish yoʻnalishida korxonamiz tez kunda oʻz faoliyatini boshlaydi.
Bugungi kunda “Nobel” kompaniyasining "Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan" yorliqli mahsulotlari Turkiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Gruziyaga eksport qilinmoqda.
“Nobel Pharmsanoat” atrof-muhitni muhofaza qilishga va ekologiyaga katta ahamiyat beradi. Ishlab chiqarishda chiqindisiz texnologiyalar tizimi va suv tozalash qurilmalari qoʻllanilgan.