Marmara Texnokent (MARTEK) Biotexnologiya Ilmiy Tadqiqot Markazi
Nobel İlaç” kompaniyasi "Sogʻlik uchun beqiyos " missiyasini oʻz zimmasiga olib, 2x1000L reaktor quvvatiga ega, GMP talablariga toʻla mos ishlab chiqarish korxonalari bilan Turkiyaning eng muhim yuqori texnologiyali biotexnologik dori-darmon ishlab chiqarish majmuasi qoshida oʻz ilmiy-tadqiqot markazi va farmatsevtika laboratoriyasini tashkil etdi. Korxona quyi oqim va yuqori oqimdagi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish laboratoriyalarini, bioanalitik va biotahlil laboratoriyalarni oʻz ichiga oladi va kerakli gigienik tasniflariga muvofiq qurilgan, har yili 4 ta yangi mahsulotni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan barcha standartlarni, shu jumladan GMP standartlarini joriy etish uchun uskunalar va infratuzilmalarga ega.
Biologik preparatlarni ishlab chiqish ilmiy-tadqiqot markazining malakali xodimlari guruhi molekulyar biologiya, genetika va bioinjeneriya kabi yoʻnalishlarda taʻlim olgan, magistrlik va doktorlik darajasiga ega boʻlgan Turkiyalik hamda chet ellik olimlardan iborat. “Nobel İlaç” kompaniyasining biotexnologik ilmiy-tadqiqot markazi nafaqat investitsiyalar bilan bogʻliq bioxilma-xil dori-darmonlarni ishlab chiqish bilan, balki ushbu sohada dunyoda Turkiyaning munosib oʻrin egallashiga erishish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlarni ishlab chiqish uchun lozim boʻlgan ekotizimning yaratıilishini oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Ushbu maqsad doirasida Turkiyaning yetakchi institutlari va universitetlari bilan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Biotexnologik preparatlarni ishlab chiqishda hamda bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida DSO, EMA va FDA tomonidan qabul qilingan standartlarga rioya qilinmoqda, ishlab chiqilgan dorilarning nafaqat Turkiyaga, balki butun dunyoga taqdim qilish maqsadi sari odimlanmoqda.