Sifat Siyosatimiz
“Nobel Ilaç” tomonidan taqdim etilgan barcha mahsulotlar mutaxassislar tomonidan ilmiy usullar yordamida ishlab chiqilgan. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun faqat tasdiqlangan materiallar, komponentlar ishlatiladi va tegishli jarayonlar va proseduralar qoʻllaniladi. Biz tomonimizdan taqdim etiladigan mahsulotlarning dozasi, tozaligi va yorliqdagi qiymatlarga muvofiqligi xalqaro sifat kafolati tizimi tomonidan kafolatlanadi.
“Nobel Ilaç” kompaniyasining ishlab chiqarish tuzilmasi mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ish muhitini qoʻllab-quvvatlash, xodimlarni boshqarish amaliyoti va farmatsevtika sanoati qonun-qoidalariga mos faoliyat koʻrsatish negizida tashkil etilgan.
Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablarini tatbiq qilgan kompaniyamiz sanoatda tez ravishda texnologik va standart oʻzgarishiga moslashadi va sinchkovlik bilan tanlangan malakali xodimlarni malakasini oshirib keladi. Kompaniya sifatida biz, barcha mavjud resurslardan samarali foydalanishga va mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga intilmoqdamiz.