“Ulkar Kimya” Ilmiy Tadqiqot Markazi
“Ulkar Kimya” Ilmiy-tadqiqot markazi laboratoriyalari 15 nafar akademik xodimlari bilan jenerik dori vositalari xomashyosini ishlab chiqish uchun tashkil etilgan. Laboratoriyada patent tadqiqotlari, ish jarayonini ishlab chiqish va analitik usullarni tasdiqlash, validatsiya, mahsulotning asosiy hujjatlarini tayyorlash va uni sanoat ishlab chiqarishga tatbiq qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Yangi ishlab chiqilgan jenerik faol moddaning texnologik rivojlantirish jarayonlari laboratoriya miqyosida ishlab chiqilib, keyinchalik tijoriy ishlab chiqarish bosqichiga oʻtkaziladi. Bundan tashqari, laboratoriya mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va xorijiy mamlakatlarga tobelikni (importni) kamaytirish uchun mahalliy ishlab chiqarishga texnologik transferlarni joriy qilish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu laboratoriyalarning yana bir maqsadi - ishlab chiqarish samaradorligini muntazam oshirib, mamlakatimiz resurslarini yanada samarali baholash jarayonlarini optimallashtirishdan iborat.