FARMAKOLOGIK NAZORAT
MChJ «Nobel Pharmsanoat» ChEK korxonasida dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini monitoringi (farmakologik nazorat) tizimi faoliyat olib borilmoqda va O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi 399-son “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (13-modda. Farmakologik nazorat), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 03.09.2018 yildagi “Dori vositalarining qoʼllanilishi chogʼida nojoʼya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʼgʼrisida xabardor qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 13-son Buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2018 yildagi 213-son “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʼyxatidan oʼtkazish hamda roʼyxatdan oʼtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori kabi amaldagi meyoriy hujjatlarga muvofiq ishlaydi.
Tizim real klinik amaliyotda dori vositasidan foydalangan barcha sub'ektlar (bemorlar, farmatsevtlar, shifokorlar va boshqalar)dan ma’lumotlar to'plashni o'z ichiga oladi.
«Farmakologik nazorat dori vositasidan uning qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush ta’sir ko‘rsatadigan nojo‘ya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatdir. Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qo‘llovchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi shart»[1]
Hurmatli hamkasblar va dori vositalarimiz iste'molchilari!
Agar sizda MChJ «Nobel Pharmsanoat» ChEK tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari yoki samarasi yo‘qligi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, shubhali nojo‘ya reaksiyalar yoki dori vositalarining samarasizligi to‘g‘risida hisobot to‘ldirishni yoki kerakli ma’lumotlarni sizga qulay bo'lgan har qanday usul orqali taqdim etishingizni tavsiya qilamiz:
- Dori vositasining qoʼllanilishi chogʼida nojoʼya reaktsiya aniqlangan holat toʼgʼrisidagi xabarnoma: TO’LDIRISH
Shuningdek, siz MChJ «NOBEL PHARMSANOAT» ChEKda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yuzasidan isteʼmolchilarning qoniqish darajasi soʼrovnomasini to'ldirishingiz mumkin:
- Shifokor uchun so’rovnoma:
- Provizor uchun so’rovnoma:
- Xaridor uchun so’rovnoma:
MChJ «Nobel Pharmsanoat» ChEKda farmakologik nazorat bo'yicha mas'ul vakolatli shaxs:
Samedinova Dilnoza Nuriddin qizi
Ishchi aloqa ma'lumotlari:
Oʼzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100050
Mirzo Ulugʼbek tumani, Qorasuvboʼyi koʼchasi, 5“А”-uy.
Tel: +99 (871) 207-99-00
Faks: +99 (871) 207-99-01
Elektron manzil: pv@nobel.uz
Siz tomondan taqdim etilgan barcha ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi, Qonun bilan belgilangan hollar bundan mustasno.
[1] 13-modda. Farmakologik nazorat. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi 399-son “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.