“Nobel İlaç” korxonasining Ilmiy Tadqiqot Markazi
“Nobel İlaç” kompaniyasi yarim asrdan ortiq tarixga ega boʻlib, yuqori malakali mutaxassislar bilan birgalikda, kompaniya tashkil etilgan kundan boshlab ilmiy-tadqiqot markazining ish madaniyatiga asoslangan holda oʻz faoliyatini olib boradi va ilmiy-tadqiqot markazi laboratoriyalarining ilgʻor texnologiyalari tufayli 3 joyda faoliyat koʻrsatadi.
- Duzje shahridagi farmatsevtika ilmiy-tadqiqot markazi
- Marmara Teknokent ilmiy-tadqiqot biotexnologiya markazi (MARTEK)
- “Ulkar Kimya” korxonasining Ilmiy Tadqiqot Markazi
“Nobel İlaç” ilmiy-tadqiqot markazining strategiyasi, xolding strategiyalariga muvofiq innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishga asoslangan. “Nobel İlaç” mahsulotlarining 95%i va 39 mamlakatda litsenziyalangan barcha farmatsevtik preparatlar oʻz ilmiy-tadqiqot markazimizda olib borilgan tadqiqotlar natijasida yaratilgan.
Ilmiy-tadqiqot markazida olib borilgan tadqiqotlar Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy qilingan “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) va “Tegishli laboratoriya amaliyoti” (GLP) qoidalariga muvofiq , milliy va xalqaro qoida va koʻrsatmalarga mos ravishda amalga oshiriladi.