Biz haqimizda
Yarim asrdan oshiq tajribasi bilan global ishtirokchi boʻlgan “Nobel”, 1964 yilda tamomila mahalliy sarmoyali shirkat oʻlaroq tashkil etildi. Bugun “Nobel”, Turkiyada 3 ta, Qozogʻistonda va Oʻzbekistonda bittadan jami 5 ishlab chiqarih fabrkasi bilan faoliyat yuritib, 20 ta davlatda oʻz tashkilotlari bilan tanishtiruv va savdo ishlarini amalga oshirmoqda. Oʻz sohasining mutaxassisi boʻlgan 3 000 ga yaqin xodimlari bilan “Nobel”, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqargan yuqori sifatli mahsulotlarini 50ga yaqin mamlakatga eksport qilmoqda.
Turkiyadagi savdo, marketing va boshqaruv faoliyatlarimizni Istanbulda, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot ishlarini Duzje va Gebze shaharlarida, xomashyo ishlab chiqarishini esa Cherkezkoy shahrida joylashgan fabrikalarimizda amalga oshirmoqdamiz.
Xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarilgan, samarador va yuqori sifatli mahsulotlar bilan hayot tarzi sifatini oshirishni koʻzlagan “Nobel”, Germaniya, Albaniya, Ozarbayjon, Belarus, Bosnia va Gertsegovina, Bolgariya, Gruziya, Shveytsariya, Chernogoriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Kosova, Makedoniya, Moʻgʻuliston, Moldova, Oʻzbekiston, Rossiya, Serbiya, Turkmaniston, Ukraina va Senegal davlatlarida oʻz tashkilotlari bilan tanishtiruv va savdo faoliyatlarini amaga oshirmoqda.
«Nobel İlaç», har br oʻlkadagi marketing faoliyatlarini Turkiyada barqaror boʻlgan qonun-qoidalariga binoan oʻz xodmlari bilan amalga oshirmoqda.
“Ulkar Xolding” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi «Nobel İlaç» shirkatining jahon bozoriga ilk bosgan qadami Qozogʻistonda 2002 yilda tashkil etilgan “Nobel AFF” firmasi boʻlib, mamlakatdagi chet el sarmoyali ilk ishlab chiqarish korxonasidir. “Nobel”ning iftixori boʻlgan mazkur korxona ayni paytda mamlakatda “Eng yaxshi ishlab chiqarish standarti”, ya’ni GMP sertifikatiga ega birinchi shirkatdir
Osiyo hududidagi yana bir iftixor manbaimiz - Oʻzbekistondagi “Nobel Pharmsanoat” boʻlib, 300 dan ortiq xodimlari bilan Oʻrta Osiyoning aholisi eng zich davlatlardan biri boʻlgan Oʻzbekistonda “Nobel” nomini va markasini sifat bilan mos holatga keltirgan taniqli Turk markasi hisoblanadi.
Bizning vazifamiz : Vazifamiz: “Sogʻlik uchun har taraflama beqiyos” degan ishonch bilan mehnat qilib, turmush tarzi sifatini oshirishdan iborat.
Dunyoqarashimiz : Dunyoqarashimiz: dunyoning har burchagida inson salomatligi uchun ishonarli va hamyonbop mahsulotlarni taqdim qilishdan iborat.