MChJ «NOBEL PHARMSANOAT» ChEKning SIFAT TIZIMI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING XAVFSIZLIGI DOIRASIDAGI SIYOSATI

2000 yilning iyul oyida «NOBEL İLAÇ SANAYİİ VE TİCARET A.Ş.» kompaniyasining xalqaro sarmoyalar dasturi asosida O’zbekiston Respublikasida Ma'suliyati Cheklangan Jamiyat «NOBEL PHARMSANOAT» Chet El Korxonasi tashkil etildi.

2000 yilning iyul oyida «NOBEL İLAÇ SANAYİİ VE TİCARET A.Ş.» kompaniyasining xalqaro sarmoyalar dasturi asosida O’zbekiston Respublikasida Ma'suliyati Cheklangan Jamiyat «NOBEL PHARMSANOAT» Chet El Korxonasi tashkil etildi.

Missiya: o‘z resurslarimizdan oqilona foydalan holda farmatsevtika mahsulotlarini yaratish, hayot sifatini yaxshilash.

Istiqbol: umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish, jahon miqyosida ishonchli korxona bo‘lish.

Strategiya: O’zbekiston mahalliy bozorini zamonaviy, samarali, xavfsiz va sifatli mahalliy ishlab chiqarilgan, farmatsevtika bozorida raqobatbardosh bo‘lgan,  iste’molchilarning ehtiyojlari va talablarini to’laqonli qondiradigan, shuningdek, normativ hujjat talablariga javob beradigan farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish orqali korxonaning strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash.

MChJ «NOBEL PHARMSANOAT» ChEKning asosiy strategik yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Milliy va xalqaro standartlari me’yorilari va talablariga muvofiq farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish;
  • Farmatsevtik mahsulotlar marketingi va ularni sotish;
  • Farmatsevtik mahsulotlarni saqlash va ularning logistikasi.

Sifat tizimi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi siyosati korxonani rivojlantirish umumiy strategiyasining bir qismidir. Milliy va xalqaro standartlar, ya’ni ISO 9001 «Sifat menejmenti tizimi», ISO 22000 «Oziq – ovqat xavfsizligini boshqarish tizimi», O‘zDSt 2764 «Yaxshi distributorlik amaliyoti – GDP», O‘zDSt 2766 «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti-GMP» va EU GMP ga muvofiq farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish doimiy ravishda nazorat qilinadi va takomillashtiriladi.

Mazkur sifat siyosatiga korxona sifat menejmentining integratsiyalashgan tizimini boshqarish vositasi sifatida qaraladi va quyidagilarni belgilaydi:

FAOLIYATNING USTUVOR YO‘NALISHLARI:

1. SMT, OOMXT, GMP va GDP bo‘yicha milliy va xalqaro standartlarga, qonunchilik talablariga muvofiq  sifatli va xavfsiz farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish jarayonlarini optimallashtirish.

2. Mijozlar, yetkazib beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan ularning fikr va istaklarini tizimli tahlil qilish asosida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

3. Tibbiy axloqiy qadriyatlar doirasida korxona bilan bog‘liq bo‘lgan hokimiyat organlari bilan hamkorlikni ta'minlash.

4. MCHJ «NOBEL PHARMSANOAT» ChEK ning farmatsevtika sanoati korxonalari va iste 'molchilari o‘rtasidagi imidji va obro‘sini mustahkamlash.

5. Ishlab chiqarish jarayonlarining davomiyli va uzluksizligiga erishish va iste'molchilar talablarini hisobga olgan holda mahsulotlar sifatini barqarorligini  ta'minlash.

6. Yetkazib beruvchilar va distribyutorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish.

RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI:

1. Ish faoliyatining har bir bosqichida uzluksiz ravishda sifatni oshirishni rejalashtirish, tadbiq etish va  amalga oshirish.

2. Aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtik mahsulotlar turlarini kengaytirish.

3. Yuqori sifat tufayli talabning oshishi natijasida farmatsevtika mahsulotlarini sotish hajmining o‘sishi.

4. Savdo bozorlarini kengaytirish va korxona mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish.

5. Korxona xodimlarining malakasi doimiy ravishda oshirish, har bir xodimining ishlash samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida korxona tomonidan ularni rag‘batlantirish.

Sifat va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi siyosatni amalga oshirish, zarur resurslar bilan taʼminlash, integratsiyalashgan sifat menejmenti tizimi ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni doimiy takomillashtirish, jarayonlarning samaradorligini oshirish uchun toʻliq javobgarlikni korxonaning yuqori rahbariyati oʻz zimmasiga oladi.