Biz, farmatsevtika sohasida global brendlar yaratmoqdamiz
Global ishtirokchi
Xalqaro standartlarga koʻra ishlab chiqarilgan samarali va yuqori sifatli mahsulotlar bilan, hayot tarzi sifatini oshirishni koʻzlagan moʻljallagan “Nobel”, Germaniya, Albaniya, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Gruziya, Shveytsariya, Chernogoriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Kosova, Makedoniya, Moʻgʻoliston, Moldova, Oʻzbekiston, Rossiya, Serbiya, Turkmaniston, Ukraina va Senegal davlatlaridagi oʻz tashkilotlari bilan reklama va savdo faoliyatlarini yurgʻizmoqdadir.
“Nobel İlaç” firmasi oʻzi faoliyat yuritayotgan har bir davlatda xodimlari jamoasını oʻzi shakllantirib, marketing faoliyatlarini Turkiyadagı barqaror qonun-qoidalariga binoan amalga oshirib kelmoqda.
“Ulkar Holding” tarkibiga kiruvchi “Nobel İlaç” firmasining jahon bozori sari ilk odimi - Qozogʻistonda 2002 yilda tashkil etilgan “Nobel AFF” firmasi mamlakatdagi chet el sarmoyali ilk ishlab chiqarish quvvatidir. “Nobel”ning iftixori hisoblangan mazkur korxona bir paytning oʻzida mamlakatda eng yaxshi ishlab chiqarish standarti hisoblangan GMP sertifikatiga ega birinchi korxonadir.
Osiyo hududlaridagi yana bir iftixor manbasi - Oʻzbekistondagi “Nobel Pharmsanoat” boʻlib, 300 dan oshiq xizmatchilari bilan Oʻrta Osiyoning aholisi eng zich davlatlaridan biri Oʻzbekistonda “Nobel”ning nomi va markasini sifat bilan uygun maqomga keltirgan taniqli Turk markasi hisoblanadi.
Eksportda lider
“Nobel İlaç” firmasi import yuqori darajada boʻlgan dori-darmon sohasida 50 mamlakatga qilgan eksport muvaffaqiyati bilan tashqi tanqislikka yoʻl qoʻymagan Turkiyadagi yagona mahalliy dori ishlab chiqaruvchi firma hisoblanadi. Eksportimizning katta qismi oʻz markalarimiz bilan amalga oshirilmoqda. Bir mahsulotimiz Turkiyada birinchi va haligacha yagona xalqaro dori markasi sifatida oʻlkamizda ishlab chiqarilib, 25 davlatda bir xil nom bilan bozorga taqdim etilmoqdadir.